Foto: AP Photo/ Arxiv
Isroil samolyoti birinchi marta Bayrutning markaziy hududi — Bashuraga zarba berdi, deb voqea guvohi “RIA Novosti”ga xabar berdi.
“Portlash juda kuchli edi, u mendan keyingi ko‘chada, parlamentga besh daqiqalik masofada sodir bo‘ldi”, deydi nashr suhbatdoshi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining favqulodda vaziyatlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab insonlar jarohatlangan.
Avvalroq Isroil armiyasi Bayrutga “aniq zarba” berganini ma’lum qilgan edi. Ushbu zarba besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shundan so‘ng yarim soat ichida yana sakkizga yaqin portlashlar eshitilgan.
Isroil hozir bir vaqtning o‘zida bir nechta harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, Isroil armiyasi Livanda cheklangan quruqlikdagi operatsiyani boshlaganini ma’lum qilgan, uning asosiy maqsadi bir yil avval “Hizbulloh” tomonidan boshlangan otishmalar tufayli evakuatsiya qilingan shimolning 60 ming nafar aholisini qaytarish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Bir kun avval Eronning BMTdagi missiyasi tashkilot Xavfsizlik kengashini mojaroga aralashib, “Isroilning Livan, G‘azo va Suriyaga qarshi tajovuzkorligi va harbiy jinoyatlarini to‘xtatishga hamda vaziyatning keng ko‘lamli mintaqaviy urushga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
O‘tgan haftada Isroil armiyasi Bayrutga bir nechta maqsadli havo hujumlari uyushtirib, Livanning yuqori martabali qo‘mondonlarini yo‘q qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi