Foto: Amir Cohen/REUTERS
«Katta yettilik» (G7) davlatlari yetakchilari Eronning Isroilga raketa hujumini keskin qoraladi va Yaqin Sharqdagi vaziyatni diplomatik yo‘llar bilan yumshatishga umid bildirdi, deyiladi 2 oktyabr, chorshanba kuni «Katta yettilik» favqulodda telefon konferensiyasi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda.
AQSH prezidenti Jo Bayden «Katta yettilik» yetakchilari bilan telefon suhbatidan so‘ng jurnalistlarga Vashington o‘z ittifoqchilari bilan birga Isroilni mudofaa uchun kurashida so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini, biroq Eron yadroviy inshootlariga hujumga qarshi ekanini aytdi. «Biz isroilliklar bilan ularning keyingi harakatlarini muhokama qilmoqdamiz, yetti davlatning hammasi Isroil qasos olish huquqiga ega ekanini bildirdi», — dedi Bayden.
«Katta yettilik» yetakchilari Eron hujumiga muvofiqlashtirilgan javob choralari, jumladan Tehronga qarshi yangi sanksiyalar ustida ishlamoqda, deyiladi Oq uy saytida.
AQSH va Isroil Eron hujumiga javobni muhokama qilmoqda
Oq uy Isroil bilan Eronning avvalroq Isroil hududiga bergan yirik raketa zarbasiga javob choralari haqida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 1 oktyabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga ma’lum qildi. U Eron hujumi paytida uning jamoasi isroillik hamkasblari bilan aloqada bo‘lganini ta’kidladi va shuningdek, tez orada bosh vazir Binyamin Netanyahu bilan Isroilning kerakli javobini muhokama qilishini aytdi.
Baydenning ta’kidlashicha, Eron hujumi Qo‘shma Shtatlar va Isroilning harbiy salohiyati tufayli «to‘xtatilgan». Avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari (SAHAL) matbuot kotibi Daniel Hagariy Eron tomonidan otilgan raketalarning aksariyati Isroil, AQSH va nomi oshkor etilmagan boshqa ittifoqchilar tomonidan urib tushirilganini da’vo qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi