19:55 / 03.10.2024
45

Sadir Japarov: “Qirg‘izistonda 5-6 nafar milliarder va 200 ga yaqin millioner bor”

Sadir Japarov: “Qirg‘izistonda 5-6 nafar milliarder va 200 ga yaqin millioner bor”
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida mamlakatda kamida 5-6 nafar milliarder va 200 ga yaqin millioner borligini ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ularning aksariyati pullarini xorijdagi ofshorlarda saqlaydi.

Shuning uchun ham biz legallashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganmiz. Biroq haligacha ular o‘z pullarini mamlakatga to‘liq qaytarganlari yo‘q. Shu bilan birga, ular orasida mablag‘larining bir qismini Qirg‘izistondagi qurilish sohasiga sarmoya sifatida kiritganlar bor”, dedi Japarov.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiylari iqtisodiyot va davlat uchun foydali bo‘lgan barcha loyihalarni, bunday tashabbus kimdan chiqishidan qat’i nazar, qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

2024 yil fevralida Japarov “badavlat fuqarolar”ga murojaat qilib, ularni chet eldagi mol-mulk va mablag‘larni legallashtirish uchun mamlakatda qabul qilingan qonundan foydalanishga chaqirgan edi. Bunga misol sifatida Sadir Japarov o‘zning 20 million dollarga teng mol-mulkini legallashtirganini bildirgan.

2023 yilning iyunida Qirg‘izistonda “Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy ravishda legallashtirish va amnistiya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Mamlakat rasmiylari ushbu hujjatdan maqsad “jismoniy shaxslarning mol-mulki va daromadlarini ixtiyoriy ravishda deklaratsiya qilishning huquqiy mexanizmini yaratish orqali qonuniy iqtisodiy muomalaga jalb qilish” ekanini bildirishgan.

Qonun qabul qilinganidan bir yil o‘tgach, Qirg‘iziston parlamenti mazkur qonunga tuzatishlarni ma’qullab, aktivlarni legallashtirish muddatini 2024 yil oxirigacha uzaytirib bergan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov: “Qirg‘izistonda 5-6 nafar milliarder va 200 ga yaqin millioner bor”