Foto: prian.ru
Mo‘g‘uliston hukumati rasmiy va shaxsiy maqsadlarda mamlakatga kelayotgan xorijliklarga viza berish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida viza olish jarayonini soddalashtirdi. Endi 54 toifadagi vizalar elektron ko‘rinishda beriladi.
«Taklif qilayotgan tomon «Immigration.gov.mn» elektron tizimi orqali vizani rasmiylashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ariza berishi mumkin. Oldinlari mamlakatimizga kelayotgan chet el fuqarolari viza olish uchun elchixonada ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi va bu ko‘p vaqt olardi. Boshqacha aytganda, investitsiya kiritish, mehnat yoki ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun Mo‘g‘ulistonga kelayotgan xorijliklar, shuningdek, ularning oila a’zolari sayt orqali 54 toifadagi vizaga ariza berishlari va javobni elektron tarzda olishlari mumkin», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda 2021 yildan beri turistik, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchilar uchun vizalar elektron ko‘rinishda taqdim etib kelinmoqda. Ushbu ko‘rsatkich yildan yilga oshyapti. Birgina 2023 yilda turistik maqsadda keluvchilar uchun 36 mingta elektron viza berilgan bo‘lsa, joriy yilning oktyabr oyigacha ularning soni 74 mingtaga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. Tashrif davomida Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar