17:47 / 05.10.2024
46

Bortnikov: “O‘zbekiston DXX Rossiyaga ISHID a’zolarini tutishga yordam bergan”

Bortnikov: “O‘zbekiston DXX Rossiyaga ISHID a’zolarini tutishga yordam bergan”
Aleksandr Bortnikov / Foto: Akorda.kz
Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov 4 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada, Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning xavfsizlik va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida qatnashdi.

Iyulda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axboroti asosida Rossiya FXX tomonidan ”Xuroson viloyati“ xalqaro terrorchilik tashkiloti mintaqalararo yacheykasining 10 jangaridan iborat faoliyati to‘xtatildi,” – deya Bortnikovning so‘zlarini keltirmoqda BBC nashri.

Bortnikov, shuningdek, o‘zbekistonlik hamkasblari yordami bilan Rossiya hududida yangi jangarilarni yollash va terrorizmni moliyalash bilan shug‘ullangan ISHID va “Hay’at Tahrir ash-Shom” deb nomlangan guruhning besh a’zosi qo‘lga olinganini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Tojikiston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi ko‘magi bilan Rossiya hududida ekstremistik faoliyati uchun xalqaro qidiruv e’lon qilingan to‘rt nafar shaxs ham qo‘lga olingan.

Shu yil mart oyida Moskva shahri yaqinidagi Crocus City Hall savdo markaziga qurolli hujum uyushtirildi. 100 dan ortiq insonning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan hujumda Rossiya rasmiylari dastlab Ukrainani aybladi.

Keyinroq, Rossiya Fedaral Xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Crocus City Hall hujumi Afg‘on-Pokiston hududidan “Xuroson viloyati” tomonidan muvofiqlashtirilgan, deb bayonot berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bortnikov: “O‘zbekiston DXX Rossiyaga ISHID a’zolarini tutishga yordam bergan”