Foto: Reuters
Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) Eronga qarshi javob zarbasiga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Armiya radiosi («Galey SAHAL») jurnalisti Doron Kadosh.
«Bu jiddiy va salmoqli bo‘ladi, biz Tayyorgarlik markazidamiz va ko‘p vaqtimizni shu bilan bog‘laganmiz. Bu Eron uchun oqibatlarga olib keladi va ular buni yaxshiroq tushunadi», deyiladi jurnalist tomonidan keltirilgan SAHAL bayonotida.
Shuningdek, SAHAL mintaqadagi hamkor davlatlardan hujumda «muhim» hamkorlikni kutayotganini aytdi.
The Times of Israel ham Eronga «jiddiy va salmoqli» javob tayyorlanayotgani haqida yozdi.
1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroilga hujum qildi. SAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron 201 ta raketa uchirdi, ularning aksariyati Isroil havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Eron bu hujumni «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) general-mayori Abbos Nilforushanning 27 sentyabrda halok bo‘lganiga javob sifatida izohladi. Har ikkalasi Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan edi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eron hujumida bir kishi halok bo‘ldi. Isroillik shifokorlar yengil jarohatlar haqida xabar berdi.
Tehron, agar Isroil qasos olishga qaror qilsa, «yangi vayronkor hujumlarga duch kelishidan» ogohlantirdi. O‘z navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron o‘zining «katta xatosi» uchun javob berishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar