09:33 / 06.10.2024
28

Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi

Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi
Foto: Bloomberg
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroilga G‘azo sektorida qo‘llaniladigan qurollarni yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi. “Bizning siyosiy yechimga qaytishimiz, G‘azodagi janglar uchun qurol yetkazib berishni to‘xtatish ustuvor vazifadir”, deydi Fransiya yetakchisi.

Makronning qo‘shimcha qilishicha, hozir Fransiya hukumatining asosiy vazifalaridan yana biri eskalatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Aprel oyida Fransiya qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornu Fransiyaning Isroilga qurol sotish mamlakat mudofaa eksportining juda kichik qismini – 0,2 foizni tashkil etishini ma’lum qilgan.

1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlarida “Shimol o‘qlari” nomli quruqlikdagi operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi.

Makron AQSHni Livanda 21 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi uchun Isroilga bosim o‘tkazishni so‘ragan. Makron Isroilning bu mamlakatga bostirib kirishi jiddiy xato bo‘lishini aytgan.

Men ishonamanki, AQSH Isroil bosh vaziriga bosimni kuchaytirishi kerak. Agar Netanyaxu rad etsa, Fransiya bu masalani BMT Xavfsizlik kengashiga ko‘taradi. Biz barcha hamkorlarimizning bu aniq xabarni yetkazishda ovozlari baland va bizga sodiq bo‘lishlarini kutmoqdamiz: Isroil Livanga bostirib kirishi mumkin emas. Hozirgi kunda Livanda urush bo‘lishi mumkin emas; bu juda katta xato va vaziyatni keskinlashtirish xavfini tug‘diradi”, degan edi Fransiya yetakchisi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirdi