Foto: AP
G‘arb diplomatlari va Ukrainadagi rasmiylarning tobora ko‘pchiligi «NATO a’zoligi evaziga hududlardan voz kechish» sxemasi Rossiya-Ukraina urushini tugatishi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda Financial Times yozdi.
Ta’kidlanishicha, bunday yondashuv bilan Moskva de-yure emas, de-fakto hozir egallab turgan hududlar ustidan nazoratni saqlab qoladi va Kiyev NATO a’zoligi va alyansdan xavfsizlik kafolatlarini oladi.
Ammo bu Ukraina rasmiylari va g‘arbiy ittifoqchilari tomonidan Rossiyaning 2014 yildan beri bosib olgan hududlari ustidan suverenitetini tan olishini anglatmaydi.
«Bu yerlar kelajakda diplomatik yo‘llar bilan qaytarilishi kerakligi to‘g‘risida kelishuv bo‘lishi mumkin. Ammo bu hatto ukrainaliklar uchun nozik masala bo‘lib qolishi tushunarli, ayniqsa Moskva bilan murosaga kelish uchun asos sifatida taqdim etilganda», deb yozdi FT.
Ukrainaning NATO a’zoligi «G‘arbiy Germaniya» deb ataladigan model bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin - ya’ni xavfsizlik kafolatlari faqat Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga tegishli bo‘ladi. Sovuq urush davrida ham xuddi shunday bo‘lgan - Germaniya Federativ Respublikasi NATO a’zosi edi, lekin GDR emas.
Sentyabr oyi oxirida Volodimir Zelenskiy Vashingtonda Ukraina uchun urushda «g‘alaba qozonish rejasini» taqdim etdi, ammo bu Oq uyda «taassurot qoldirmadi». «G‘alaba rejasining» bandlaridan biri Ukrainaning NATO a’zosi bo‘lishidir. Jo Bayden bu g‘oyani 2025 yil yanvarida prezidentlik muddati tugaguniga qadar ilgari surishi mumkin, deb hisoblaydi nashr.
Zelenskiy ofisidagi manba Ukraina «hudud evaziga NATO» formulasini muhokama qilayotganini rad etadi. «Strana» va «RBK-Ukraina» tomonidan keltirilgan izohga ko‘ra, G‘arbda hech kim Ukrainaga urushning kengayishi yoki takrorlanishiga to‘sqinlik qiladigan xavfsizlik kafolatlarini rasman va aniq taklif qilmagan. «Ikkinchidan, biz suverenitet va hududlar bilan savdo qilmaymiz», dedi jurnalistlarning ismini oshkor etmagan suhbatdoshi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi