Kollaj: “Israelradar.com”
Washington Post gazetasi Livandagi peyjerlarni portlatish bilan bog‘liq operatsiya tafsilotlarini aniqladi. Isroil tegishli amaliyotni 2022 yilda rejalashtirishni boshlagan. Bu haqda Isroil rasmiylari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Hizbulloh”ni ko‘p miqdordagi Tayvanda ishlab chiqarilgan Apollo AR924 peyjerlarini xarid qilishga, ilgari Tayvan firmasida ishlagan, nomi aytilmagan marketing bo‘yicha mutaxassis ayol undagan. Keyinchalik u o‘z kompaniyasini tashkil etib, peyjerlarni sotish uchun litsenziya olgan.
“Hizbulloh” uchun peyjerlarni ishlab chiqarish uchinchi bir kompaniyaga topshirilgan, ammo “Hizbulloh” bilan bitimni tashkil etgan ayol, qurilmalar ichiga portlovchi modda joylashtirilgani va ularning “Mossad” buyurtmasi asosida Isroilda ishlab chiqarilgani haqida bilmagan.
“Hizbulloh” sotib olingan ba’zi peyjerlarni tekshirish uchun ularni qismlarga ajratgan, ammo portlovchi modda shunday joylashtirilganki, uni topish deyarli imkonsiz edi, deydi Isroil rasmiylari.
Isroilning “Mossad” maxsus xizmati 2015 yildayoq “Hizbulloh”ning xabari bo‘lmagan holda, unga portlovchi moddalar va eshitish tizimi o‘rnatilgan ratsiyalarni yetkazib berishni boshlagan, deyiladi xabarda.
Manbalarning aytishicha, qurilmalarni portlatishgacha bo‘lgan vaqt davomida “Mossad” faqat ratsiyalarni tinglash bilangina cheklangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar