06:29 / 07.10.2024
72

Tramp 2017 yilda Putindan Ukraina bo‘yicha maslahat so‘ragan ekan...

Tramp 2017 yilda Putindan Ukraina bo‘yicha maslahat so‘ragan ekan...
Foto: Associated Press
AQSH sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi shaxsiy uchrashuvda undan Ukrainaga harbiy yordam berish bo‘yicha maslahat olgan. Bu haqda New York Times xabar berdi.

Uchrashuv 2017 yil 7 iyulda Gamburgda bo‘lib o‘tgan. AQSH sobiq davlat kotibi Reks Tillerson administratsiya xodimlariga muzokaralarning qisqacha mazmunini so‘zlab bergan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytib, Putindan “Bu haqda fikringiz qanday?” deb so‘ragan. Putin esa bu xato bo‘lishini aytib, AQSH ukrainaliklarga qanday yordam ko‘rsatmasin, “ular yana so‘rashadi” deya javob bergan. NYT uch nafar amaldorga tayanib, AQSH prezidenti bunga e’tiroz bildirmaganini yozmoqda.

Uchrashuvda Putin Ukrainaga nisbatan nopisand munosabatda bo‘lgan. Muzokaralardan so‘ng Tillerson AQSH administratsiyasi xodimlarini prezidentning Ukraina bo‘yicha qarashini o‘zgartirish uchun harakat qilishga chaqirgan” deyiladi xabarda.

Prezidentlar 2017 yil 28 yanvardagi ilk telefon suhbatida ham Ukraina masalasini muhokama qilgan. Tramp birinchi bo‘lib bu mavzuni ko‘tarib, Putindan fikr so‘ragan. Rossiya prezidenti “bu davlatdagi korrupsiya” haqida gapirishni boshlagan, Tramp esa bunga ehtiyotkorlik bilan yondashgan — u suhbatdoshining fikriga qo‘shilmagan, ammo Ukrainani himoya ham qilmagan.

U Moskva va Kiyev o‘rtasidagi mojaro AQSHning Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilashiga to‘sqinlik qilayotganini tan olgan”, deb yozadi nashr.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp 2017 yilda Putindan Ukraina bo‘yicha maslahat so‘ragan ekan...