Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Belarus hunarmandlarining asari»ni sovg‘a qilgan. Bu haqda Life.ru nashriga Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont ma’lum qildi.
U bu aynan qanday sovg‘a ekanligini aniqlamadi. Jurnalistlar bilan suhbatda Lukashenko bu «juda jiddiy sovg‘a» ekanligini ta’kidladi. Ammo tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Lukashenko Putinga traktor sovg‘a qilgandi.
Bungacha Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Putinga tug‘ilgan kuniga maxsus sovg‘a yuborganini ma’lum qilgandi.
7 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 72 yoshga to‘ldi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Rossiya rahbari o‘sha kunga rejalashtirilgan yopiq ishchi uchrashuvlar o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi