10:48 / 09.10.2024
73

Ulkan to‘fon Florida shtatining bir qismini «uchirib yuborishi» mumkin

Ulkan to‘fon Florida shtatining bir qismini «uchirib yuborishi» mumkin
AQSHda «Milton» nomli yangi kuchli to‘fonga tayyorgarlik ko‘rilmoqda — u Florida shtatining bir qismini «uchirib yuborishi» mumkin.

«Xelen» dovulidan hali o‘zini tiklab ulgurmagan shtatda yangi falokat arafasida favqulodda holat e’lon qilindi va u tarixdagi eng vayronkor to‘fonlardan biri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

«Milton» allaqachon 5-toifaga yetgan. Shamolning tezligi soatiga 287 kilometrga yetib, uning kuchi ortib bormoqda. Shtat aholisi katta miqdorda suv va zarur mahsulotlarni sotib olib, ofatga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Hozirga qadar Floridada besh yarim milliondan ortiq odam o‘z uylarini tark etishdi.

Sinoptiklar dovul shunchalik kuchli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqdaki, uning quvvati mavjud tasnifdan ham oshib ketishi ehtimoli bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ulkan to‘fon Florida shtatining bir qismini «uchirib yuborishi» mumkin