G‘azo sektoridagi qirg‘inning bir yilligi munosabati bilan «Anadolu» agentligi Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan buyon anklavda sodir etgan jinoyatlari haqida 13 tilda qisqa metrajli animatsion film suratga oldi.
Film Isroilning Falastin hududida amalga oshirgan va o‘n minglab tinch aholini o‘ldirgan qirg‘ini haqida hikoya qiladi.
Asar bombalar natijasida uyidan ayrilgan bolakayning «Qayerga boramiz?» degan savoli bilan boshlanadi.
Videoda Isroil armiyasining falastinliklarga evakuatsiya buyrug‘ini berib, ularni go‘yoki «xavfsiz zonalar» deb atalmish hududga surgani va eksklav ichida migratsiyaga majbur qilinganiga e’tibor qaratiladi.
Falastinliklar hujumlardan qochish uchun xavfsiz deb atalmish hududlarga borishga uringani sari Isroil armiyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri bombalari va o‘qlariga duchor bo‘lishadi.
Qayd etilishicha, Isroil uchun G‘azo sektorida tinch aholini bir joydan ikkinchi joyga «surish» amalda «o‘yinga aylangan».
«G‘azo sektoridan qochish o‘limga borishdan farq qilmaydi», — deydi matn mualliflari.
Animatsiya G‘azo sektoridagi Isroil hujumlarida halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining fotosuratlari bilan yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari oqibatida 42 ming odam halok bo‘ldi, ularning aksariyati bolalar va ayollardir.
Isroil hujumlari, G‘azodagi qirg‘in, Animatsion film, Falastinliklar “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi