
Foto: Getty Images
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Oʻtkir Yusupov Xuzistonidan Turkiyaning Anqara shahrigacha boʻlgan 2400 kilometr masofani mashinada bosib oʻtdi.
Bunday noodatiy safarga Eron ustidagi havo hududining vaqtincha yopilishi sabab boʻlgan. Yusupov barcha qiyinchiliklarga qaramay, terma jamoa uchun eng muhim oʻyinni oʻtkazib yubormaslikka qaror qilgan va quruqlik orqali eng tezkor yoʻlni tanlagan. Shundan soʻng u Anqaradan Istanbulga uchgan va Toshkentga aynan shu shahardan parvozni amalga oshirgan.
Ma'lumot uchun, 33 yoshli darvozabon Eronning “Fulad” klubida 2024 yilning iyul oyidan buyon toʻp surmoqda. Bu vaqt ichida u 7 uchrashuvda maydonga tushib, darvozani ishonchli qoʻriqlamoqda. Darvozabon 4 ta gol oʻtkazib yubordi va 4 ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Futbol boʻyicha jahon chempionati saralash bosqichi doirasidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Eron uchrashuvi bugun, 10 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar