20:47 / 10.10.2024
11

Rossiyada farzandsizlik uchun soliq joriy etilishi mumkin

Rossiyada farzandsizlik uchun soliq joriy etilishi mumkin
Foto: Depositphotos
Rossiyada farzandsizlar uchun soliq joriy etish yana muhokama qilinmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatda 1 million 264 mingta bola tug‘ilgan bo‘lib, bu 1999 yildan beri eng kam ko‘rsatkichdir.

Zamonaviy soliq qonunchiligi nuqtayi nazaridan farzandsiz bo‘lganlik uchun soliq to‘lash vahshiylik hisoblanadi. Hozirda soliq daromadning olib qo‘yilgan qismi sifatida tushuniladi, bolalar esa daromad emas”, dedi soliq tekshiruvi hamda biznesni optimallashtirish sohasidagi huquqshunos va ekspert Nikolay Vizer.

Shuningdek, u Rossiyada bolani tarbiyalash, jumladan, ularning oziq-ovqati, kiyim-kechagi, dori-darmoni, ta’lim va dam olishi ota-onalarga juda qimmatga tushishini ta’kidlagan.

“Farzandsizlik uchun soliq” joriy etish taklifi Davlat dumasi deputatlari orasida ham qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, Davlat dumasining Mehnat bo‘yicha qo‘mita raisi Yaroslav Nilov soliq vaziyatni yomonlashtirishi mumkin degan fikrni bildirgan. Yana bir deputat esa aksincha, bu chora rossiyalik yosh oilalarni kamida bitta farzand ko‘rishga undaydi, deb hisoblagan.

Davlat dumasining Oilani himoya qilish, otalik, onalik va bolalik masalalari qo‘mitasi rahbari Nina Ostanina birinchi navbatda yosh oilalarni farzand ko‘rishdan qo‘rqituvchi muammolarni hal qilishni taklif qilib, mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan.

Davlat dumasining Iqtisodiy siyosat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mixail Delyagin ham soliq joriy etilishiga qarshi chiqqan. Uning fikricha, aksariyat insonlarning farzand ko‘rishni istamasligiga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada farzandsizlik uchun soliq joriy etilishi mumkin
ePN