21:41 / 10.10.2024
37

Isroil armiyasi: “Hizbulloh” bir kunda Isroilga 360 ta snaryad otdi

Isroil armiyasi: “Hizbulloh” bir kunda Isroilga 360 ta snaryad otdi
Foto: Getty Images
Isroil mudofaa kuchlarining xabar berishicha, Livanning “Hizbulloh” harakati 9 oktyabrda bir kun davomida mamlakat hududiga 360 ta snaryad otgan.

Ulardan 220 tasi Isroilgacha yetib kelgan. Isroil armiyasi o‘z navbatida 10 oktyabrga o‘tar kechasi mamlakat harbiy-havo kuchlari orqali Bayrut va Livan janubidagi bir qancha qurol-yarog‘ omborlariga zarbalar berganini ma’lum qilgan. Isroillik harbiylarga ko‘ra, hujumlarda Livan qo‘mondonlari Ahmad Mustafo al-Hajja Ali va Muhammad Ali Hamdan halok bo‘lgan.

9 oktyabr kuni Isroil rasmiylari Livandan uyushtirilgan hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va yana olti kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Zarbalar Hayfa va Kiryat Shmona shaharlarida qayd etilgan. Shu kuni kechqurun Eron diplomatik muassasalari joylashgan Damashqdagi Mezza hududiga hujum qilingani haqida ham xabar berilgan.

Avvalroq Isroil armiyasi Livan janubida o‘t ochishni to‘xtatish uchun “Hizbulloh” guruhiga shart qo‘ygani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, Isroil otashkesim sharti sifatida “Hizbulloh” harakati qurollarini tashlab, kuchlarini ikki davlat chegarasidan shimolga olib chiqishni talab qilmoqda.

Isroil Livanda o‘t ochishni to‘xtatish evaziga 'Hizbulloh'dan qurollarini tashlab, Litani daryosining shimoliga chekinishni talab etmoqda”, deydi fransuz manbalari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi: “Hizbulloh” bir kunda Isroilga 360 ta snaryad otdi