
Foto: AP Photo
Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi oktyabr oyi boshida amalga oshirilgan raketa hujumi uchun Eronga qanday javob berishni hal qila olmadi, deya Isroil televideniesi xabar berdi.
“Xavfsizlik masalalari boʻyicha Vazirlar mahkamasi yigʻilib, toʻrt soat davomida munozara olib bordi, uning davomida siyosatchilar Eronga javob hujumi masalasini ham koʻtardi, biroq qaror qabul qilinmadi”, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanganidek, rasmiylar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantga Tehronga javob choralarini koʻrishga ruxsat berishi kerak edi. Biroq noma'lum sabablarga koʻra, ular bunga ruxsat bermagan.
Shu bilan birga, hukumat rahbari Eronga javob choralari boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmaguncha, harbiy departament rahbarining amerikalik hamkasblari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni baholash uchun AQShga safarini muvofiqlashtirishga tayyor emasligi ta'kidlangan.
1 oktyabr kuni Eron Isroilga yirik aviazarba uyushtirgan edi. Isroil armiyasiga koʻra, 180 ga yaqin ballistik raketalar uchirilgan, ularning aksariyati tutib olingan. Islom inqilobi qoʻriqchilari ta'kidlaganidek, hujum “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya oʻlimiga javob boʻlgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar