06:30 / 12.10.2024
45

Lavrov: “Ukrainaning tinchlik konferensiyasi bo‘yicha rejalari Rossiyani qiziqtirmaydi”

Lavrov: “Ukrainaning tinchlik konferensiyasi bo‘yicha rejalari Rossiyani qiziqtirmaydi”
Foto: RIA Novosti
Rossiya mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha konferensiyalar o‘tkazish haqidagi Ukraina rasmiylarining bayonotlariga qiziqish bildirmayapti, deya Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Men turli darajadagi Ukraina vakillari tomonidan vaqti-vaqti bilan aytiladigan ma’lumotlarni kuzatib bormayman. Bu bizga qiziq emas”, deydi Lavrov XIX Sharqiy Osiyo sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukraina bilan mojaroni hal qilish masalasidagi pozitsiyasi iyun oyida prezident Vladimir Putin tomonidan bayon etilgan.

Bu pozitsiya izchil amalga oshirilmoqda, biz ishni mantiqiy yakuniga yetkazamiz”, deya qo‘shimcha qilgan diplomat.

O‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralarga o‘tish shartlari DXR va LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari hududidan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqib ketish, shuningdek, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishini o‘z ichiga olgan.

OAV Ukraina noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan ikkinchi tinchlik konferensiyasini tashkil qilmoqchi ekanini xabar qilgandi. 15—16 iyun kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tgan birinchi sammitdan farqli o‘laroq, bu safar Rossiyani taklif etish rejalashtirilgan edi.

Biroq 8 oktyabr kuni Ukraina prezidenti ofisi vakili Darya Zarivnaya xalqaro sammit bu muddat ichida o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov: “Ukrainaning tinchlik konferensiyasi bo‘yicha rejalari Rossiyani qiziqtirmaydi”