date
views 88

Isroil hukumati BMTning yangi hisobotini rad etdi

Isroil hukumati BMTning yangi hisobotini rad etdi
Foto: Depositphotos
Isroil BMTning Yaqin Sharqdagi voqealarni tekshirish komissiyasining hisobotini rad etdi.

Bir kun avval BMT komissiyasi 2023 yil 7 oktyabrda Gʻazodagi urush boshlanganidan buyon ikkinchi hisobotini taqdim etdi. Hujjatda Isroil “tibbiyot xodimlariga qarshi qasddan hujumlar” sodir etayotgani, bu urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlari kabi tavsiflanishi aytiladi.

Qayd etilishicha, isroillik harbiylar Gʻazo sektoridagi sogʻliqni saqlash tizimini ataylab yoʻq qilishda, shuningdek, falastinlik mahbuslarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishda ham ayblangan.

Isroil rasmiylariga koʻra, soʻnggi hisobot “Isroil davlatining mavjudligini ochiqchasiga delegitimizatsiya qilish hamda uning aholisini himoya qilish huquqiga aralashish, shu bilan birga terroristik tashkilotlarning jinoyatlarini yashirishga qaratilgan yana bir urinishdir”.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni persona non grata deb e'lon qilgan edi. Bunga Guterrish Eronning Isroilga uyushtirgan raketa hujumini soʻzsiz qoralamaganini sabab qilib keltirgan.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga mamlakatga kirish taqiqlandi”, deb yozgan edi Kats X ijtimoiy tarmogʻida.

Kats, shuningdek, Guterrishni 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan HAMAS hujumini haligacha qoralamaganlikda va HAMASni terrorchi tashkilot deb e'lon qilishga urinmaganlikda ayblagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo