Foto: NurPhoto
Livanning “Hizbulloh” harakati qurolli kuchlari Isroil armiyasining Safed shahrida joylashgan shtab-kvartirasiga raketa hujumi uyushtirdi.
Safed shahri Livan bilan chegaradan 20 km uzoqlikda joylashgan. Livanda joylashgan Al-Mayadeen telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, zarba berilgan shtab-kvartira Isroil shimolida joylashgan Isroil armiyasi bo‘linmalariga qo‘mondonlik qilmoqda.
Mazkur xabarga Isroil tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan.
27 sentyabr kuni “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh Bayrutda Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan havo hujumida halok bo‘lgan edi. Sentyabr oyi oxirida harakat Hoshem Safieddin Hizbullohning yangi bosh kotibi etib saylanganini e’lon qilgan. 8 oktyabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat armiyasining operatsiyasi natijasida Hoshem Safieddin o‘ldirilganini ma’lum qilgan.
Avvalroq The Jerusalem Post nashri “Hizbulloh” rahbari o‘rinbosari Naim Qosim guruh Isroil bilan sulh tuzishga tayyorligini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.
“Qosimning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish masalasi diplomatik yo‘l bilan hal bo‘lgach, qo‘shimcha tafsilotlar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Qosim, shuningdek, Livan parlamenti spikeri Nabih Berrining tinch hayotni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarini eslatgan va vaziyatni hal qilish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan.
Hizbulloh, Isroil armiyasi, Aviahujum, Uyushtirdi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi