Foto: AP Photo
Ukraina rasmiylari mojaroga barham berish ssenariysini muhokama qilmoqda, deya Der Spiegel ukrainalik yuqori martabali amaldorga tayanib xabar berdi.
Mazkur ssenariyga ko‘ra, mamlakat Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlarni unga berishni ko‘rib chiqmoqda.
“Bizning g‘alaba Rossiyaning so‘zsiz taslim bo‘lishida deb hisoblaymiz. Ammo imtiyozlarsiz bu mumkin emas. Kelishuv, jumladan, Rossiya uchun ham foydali bo‘lishi kerak”, dedi Der Spiegel suhbatdoshi.
Rasmiyning ta’kidlashicha, AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash darajasi “asta-sekin, lekin albatta pasayadi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp va Kamala Harrisdan qay biri saylovda g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, bu sodir bo‘lishi aniq.
Ukraina rasmiy ravishda harbiy harakatlarni tugatish uchun hududni berishni rad etmoqda.
14 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Qrim, DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya hududi sifatidagi maqomini tan olish, Ukrainaning qo‘shilmaslik va yadro qurolidan xoli maqomini mustahkamlash, uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi tinchlik takliflarini ilgari surgan edi.
Financial Times nashri Ukraina rasmiylari G‘arb bilan suhbatda “xavfsizlik uchun yer” tamoyili bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralarga nisbatan pragmatik pozitsiyani egallay boshlagani haqida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi