
Foto: The New York Times
The New York Times HAMASning 2023 yil 7 oktyabr kuni Isroil hududiga hujum qilish, «Hizbulloh» va Eronni bunga qoʻshilishga koʻndirish imkoniyatini muhokama qilgan maxfiy uchrashuvlariga oid protokollarni qoʻlga kiritdi.
Protokollar HAMAS siyosiy va harbiy etakchilari tomonidan ikki yil davomida oʻtkazilgan 10 ta yigʻilishga tegishli boʻlib, ular Isroil harbiylari tomonidan yanvar oxirida tashkilotning Gʻazo sektori janubidagi er osti qoʻmondonligida oʻtkazgan tintuvlari davomida kompyuterdan topilgan. NYT jurnalistlari hujjatlarning bir qismini oʻzlari tekshirib, ulardagi ma'lumotlarni sodir boʻlgan voqealar bilan taqqoslagan, bir qismini esa HAMAS faoliyatidan xabardor ekspertlarga koʻrsatgan.
Protokollarga koʻra, yigʻilishlarning barchasida HAMASning asosiy etakchilaridan biri Yahyo Sinvar ishtirok etgan (2024 yil iyul oxirlarida Ismoil Haniya oʻldirilganidan keyin u siyosiy byuroning yangi etakchisiga aylangandi). Yigʻishning boshqa ishtirokchilari nomi keltirilmagan, ammo Isroil razvedkasi xuslosasida aytilishicha, ular orasida Muhammad Deyf, Marvan Isso va Yahyo Sinvarning ukasi Muhammad Sinvar ham boʻlgan.
Isroilga hujum uyushtirishga oid ilk qaydlar 2022 yil yanvardagi uchrashuvlarga tegishli va unda mazkur hujum «katta loyiha» deb aytilgan. Hujjatlarda koʻra, avvaliga HAMAS 2022 yilning kuzida hujum qilishni rejalashtirgan.
HAMAS 2021 yildan beri Isroil bilan yirik toʻqnashuvlardan qochib kelardi — bu 7 oktyabr kungi hujumning samarasini oshirishga qaratilgan. Tashkilot rahbariyatining fikricha, bu Isroil hukumatini HAMAS Gʻazo sektorida «tinchlikni xohlashiga» ishontirishi kerak boʻlgan.
NYT’ning yozishicha, 2022 yil sentyabrda hujum rejasi deyarli tayyor boʻlgan. Ammo oxir-oqibat u qoldirilgan. Protokollarda bunga nima sabab boʻlgani keltirilmagan, ammo ularda bir necha bor HAMAS rahbariyatining Eron va «Hizbulloh»dan qoʻllab-quvvatlov olish borasidagi sa'y-harakatlari haqida soʻz boradi.
Xususan, 2023 yilning iyulida HAMAS vakili Livanda Islom inqilobi muhofizlari korpusining yuqori martabali komandiri Muhammad Said Izadi bilan uchrashgan va undan Isroil ob'ektlariga beriladigan zarbalar vaqtida yordam soʻragan. Izadi esa Eron va «Hizbulloh» hujumni qoʻllab-quvvatlashini, ammo tayyorgarlik uchun koʻproq vaqt kerakligini aytgan.
Hujjatlarda HAMASni 2023 yil 7 oktyabr kuni hujum uyushtirishga majbur qilgan sabablar ham keltirilgan. Masalan, ulardan biriga koʻra, tashkilot Isroil va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanib borayotganini buzish boʻlgan. Bundan tashqari, Isroil hukumatining Iordan daryosining Gʻarbiy sohiliga oʻrnashib olgani va Al-Aqso masjid majmuasi ustidan nazoratni kuchaytirishga boʻlgan urinishi turtki bergan. Yana bir sabab sifatida Isroil yangi havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirishdan oldin hujum uyushtirish kerakligi ham keltirilgan.
Eron rahbariyati Isroilga 7 oktyabrda uyushtirilgan hujumga biror-bir aloqasi borligini rad etgan. Eronning BMT huzuridagi missiyasining ma'lum qilishicha, hujum toʻliq HAMASning harbiy qanoti tomonidan rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar