date
views 72

Isroil armiyasi Livandagi tinchlikparvar kuchlar bazasiga bostirib kirdi

Isroil armiyasi Livandagi tinchlikparvar kuchlar bazasiga bostirib kirdi
Foto: AFP
Isroil armiyasi Livanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlikparvar kuchlarining bazasiga bostirib kirdi, kamida 15 kishi jarohatlandi. Isroil qoʻshinlari tank yordamida bazaning asosiy darvozasini buzgan. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Biz Isroil armiyasi va barcha ishtirokchilarga BMT xodimlari hamda mol-mulk xavfsizligini ta'minlash, BMT binolarining daxlsizligini doimo hurmat qilish majburiyatini eslatamiz”, deyiladi Livandagi BMT vakillari bayonotda.

Bazaga hujum Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni tinchlikparvar kuchlarni “zarba ostidan darhol olib chiqishga” chaqirganidan soʻng yuz bergan.

Isroil Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi kampaniyasini kuchaytirar ekan, BMTning 10 ming kishilik tinchlikparvar kuchlari tobora hujumga uchramoqda. Soʻnggi kunlarda sodir boʻlgan janglarda tashkilotning kamida 5 nafar tinchlikparvar askari yaralangan.

Soʻnggi bir yil ichida Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasidagi mojaro qurbonlarining umumiy soni 2255 kishini tashkil etgan, 10 mingdan ortiq odam yaralangan. Sentyabr oyi oʻrtalaridan beri esa 1400 dan ziyod kishi halok boʻlgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi Livandagi tinchlikparvar kuchlar bazasiga bostirib kirdi