
“Barselona” mutasaddilari jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandesga murojaat qilib, ish jarayonida foydalanish uchun murabbiylar shtabi vakillariga berilgan iPhone va iPad gadjetlarini qaytarishni talab qildi.
Klubdagilari Apple texnikalarini “Barselona” mulki, deb hisoblamoqda hamda Xavi va u bilan ishlagan murabbiylar gadjetlarni qaytarishga majburligini ta'kidlamoqda.
Ma'lumki, klub afsonasi hisoblangan Xavi Ernandes 2021 yilning noyabridan 2024 yilning mayigacha “Barselona” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
44 yoshli mutaxassis qoʻl ostida kataloniyaliklar Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogida zafar quchgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar