
Foto: Getty Images
Falastin hududidagi harbiy harakatlar taxminan 14-20 milliard dollarlik vayronagarchilikka olib keldi. Bu haqda Jahon banki prezidenti Ajay Banga ma'lum qildi.
Bangning ta'kidlashicha, mazkur summa Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Evropa Ittifoqi bilan birgalikdagi hisob-kitoblarga asoslanadi.
Ushbu urushning iqtisodiy zarari koʻp jihatdan uning qanchalik keng tarqalishiga bogʻliq. Agar u tarqalmasa, jahon iqtisodiy tizimiga kamroq zarar etkazishi mumkin, chunki Gʻazo sektori va Falastin jahon iqtisodiyotiga nisbatan kam hissa qoʻshadi, dedi Ajay Banga.
Jahon banki prezidenti soʻzlariga koʻra, agar u mintaqada keng yoyilsa, bu butunlay boshqa muammo boʻladi. Chunki bu holda u dollar ekvivalenti boʻyicha ham, qazilma boyliklar, metallar, neft va shu kabi resurslar nuqtayi nazaridan dunyo iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshayotgan hududlarda tarqaladi.
Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafo 12 sentyabr kuni The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida Gʻazo sektoridagi vayronagarchiliklar va aholining qurbon boʻlishi misli koʻrilmagan darajaga etganini aytgandi. U tiklanish uchun xalqaro darajada ulkan sa'y-harakatlar talab etilishini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar