Foto: AP Photo
Isroil armiyasi “Hizbulloh” harakatining Bayrut chekkasida joylashgan yerosti omboriga zarba berilganini e’lon qildi.
“Bir muddat avval Isroil havo kuchlari “Hizbulloh”ga tegishli strategik qurollar saqlanadigan omborga hujum qildi. U Bayrutdagi “Hizbulloh”ning asosiy tayanchi bo‘lgan Dahiya tumanida joylashgan”, deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Isroil harbiylarining ta’kidlashicha, armiya Livandagi 140 ta nishonga zarba bergan. Bularga qurol omborlari, ishga tushirish moslamalari va boshqa “terrorchilik infratuzilmasi” kiradi.
Al Jazeera nashri “Hizbulloh” Isroil shimoliga to‘rtta raketa hujumi uyushtirganini xabar bergan. Harakatga ko‘ra, Isroil artilleriya pozitsiyalariga hujum qilingan. Isroil tomonining xabar berishicha, Livandan 50 ta snaryad otilgan.
23 sentyabr kuni Isroil Livanda “Shimol o‘qlari” operatsiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi. 1 oktyabr kuni Isroil Livan janubida quruqlikdagi operatsiyasini boshlagan. Operatsiyadan maqsad evakuatsiya qilingan 60 ming isroillikning shimoldagi chegarada joylashgan aholi punktlariga xavfsiz qaytishi uchun “Hizbulloh” tahdidini bartaraf etish ekani aytilgan.
Isroil, Tanaffusdan so‘ng, Bayrut, Hizbulloh, Hujum boshladi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"