Foto: Global Look Press
Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov qozoq tilida savol bergan jurnalistni kamsitgani uchun 738 ming 400 tenge miqdorida (taxminan 1500 AQSH dollari) jarima to‘laydi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi (QFF) ma’lum qilgan.
13 oktyabr kuni Millatlar Ligasida Sloveniyaga mag‘lub bo‘lgach (0:1) Cherchesov “PSJ” futbolkasida anjumanga kelib qozoq tilida savol bergan jurnalistga “fransuzcha gapirayapsanmi” deya ustidan kulgan.
Turizm va sport vazirligi voqeaga e’tibor qaratib murabbiydan tushuntirish talab qildi. QFF buni hazil ekani, Cherchesov qozoq tiliga hurmat bilan qarashi va uni faol o‘rganayotganini tushuntirgan.
Bu murabbiyning qozoq tili bilan bog‘liq birinchi janjali emas. Iyun oyida u qozoq tilida berilgan savolga osetin tilida javob berishni taklif qilgan.
Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasini iyun oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Murabbiy sentyabrda debyut uchrashuvini o‘tkazgan, biroq hozircha to‘rtta o‘yinda bir bora durang o‘ynagan, qolgan o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi