date
views 85

HAMAS etakchisi Yahyo Sinvar oʻlgan boʻlishi mumkin...

ҲАМАС eтакчиси Яҳё Синвар ўлган бўлиши мумкин...
Isroil qurolli kuchlari HAMAS etakchisi Yahyo Sinvar Gʻazo sektoridagi operatsiya chogʻida halok boʻlishi mumkinligini ma'lum qildi.

«Jami uch kishi yoʻq qilindi, ulardan biri Sinvar boʻlishi mumkin, ammo hozirda ularning shaxsini tasdiqlab boʻlmaydi», deb ta'kidladi Isroil vakillari.

Yahyo Sinvarning oʻlimini Isroilning Kan davlat teleradiokompaniyasi manbasi tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, Sinvarning Gʻazo amaliyotida halok boʻlganlar orasida bor-yoʻqligini aniqlash «nisbatan oson», chunki u ilgari Isroil qamoqxonalarida boʻlgan va uning DNKsi bor edi.

Eslatib oʻtamiz, Yahyo Sinvar Ismoil Xaniya Tehronda oʻldirilgandan soʻng guruhga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS etakchisi Yahyo Sinvar oʻlgan boʻlishi mumkin...