
Foto: Dunyo
Vengriyaning Daily News Hungary elektron nashri mamlakatning Lakitelek shahrida buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri, davlat arbobi Mir Alisher Navoiyga bagʻishlab byust oʻrnatilgani haqidagi maqolani tarqatdi.
"Ushbu byust Vengriya-Oʻzbekiston diplomatik aloqalari tarixida Oʻzbekistonga bagʻishlab Vengriyada ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan amalga oshirildi", – deyilgan materialda.
Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan Vengriya parlamenti spiker oʻrinbosari Shandor Lejak ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi bilan hozirgi vaqtda Vengriyaning turkiy dunyo mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston bilan asriy rishtalari qayta tiklanayotganini yuqori baholadi.
"Biz ota-bobolarimiz kindik qoni toʻkilgan yurtga hurmatimiz belgisi sifatida qardosh oʻzbek xalqining buyuk farzandi Alisher Navoiyga bagʻishlangan haykalni yurtimizda oʻrnatishdan bagʻoyatda mamnunmiz. Ushbu yodgorlik bugun venger va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi oʻchmas doʻstlikka asos soldi. Madaniy aloqalarimizdagi bugungi tarixiy voqea munosabati bilan ikki mamlakat xalqlarini samimiy qutlayman", – deya spiker oʻrinbosari soʻzlaridan iqtibos keltirilgan nashrda.
Maqolada shuningdek, "Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov ushbu yodgorlikni oʻrnatish imkoniyati uchun Vengriya hukumatiga minnatdorlik bildirdi hamda oʻzbek-venger munosabatlarini barcha yoʻnalishlarda yanada mustahkamlash muhimligini ta'kidladi", – deb yozilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar