Foto: Depositphotos
Livan bosh vaziri Najib Mikatiy Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibafning Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Tehronda Parij bilan muzokara olib borishga tayyorligi haqidagi bayonotini tanqid qildi.
“Biz bu tashabbusdan hayratdamiz, bu Livan ishlariga ochiqdan ochiq aralashish va Livanni qabul qilib bo‘lmaydigan vasiylik ostiga olishga urinish”, deya norozilik bildirgan Mikatiy.
Bundan tashqari, Mikatiy Livan TIV rahbari Abdulloh Habibdan G‘olibafning bayonotlarini muhokama qilish uchun Eronning Bayrutdagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirishni so‘ragan.
Le Figaro nashri xabar berganidek, avvalroq G‘olibaf Tehron Livanda o‘t ochishni to‘xtatish mavzusida Fransiya bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini aytgan edi. Biroq G‘olibafga yaqin manba nashr ma’lumotlarining to‘g‘riligini shubha ostiga olgan.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbatda Parijni Isroilga ta’sir o‘tkazishga chaqirgan edi.
“Biz Fransiyani boshqa Yevropa davlatlarini sionistik rejimni G‘azo va Livandagi genotsid va jinoyatlarni to‘xtatishga majburlash harakatlariga qo‘shilishga chaqiramiz”, degandi Eron prezidenti.
Shuningdek, oktyabr oyida Makron davlatlar G‘azoda harbiy amaliyotlar o‘tkazishda foydalaniladigan qurol turlarini Isroilga berishdan tiyilishi kerakligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Parij endi bunday qurollarni yetkazib bermaydi.
Sentyabr oyi oxiridan beri Isroil Livan janubi va Bayrutda faol havo hujumlarini amalga oshirib, “Hizbulloh” infratuzilmasini vayron qilmoqda. Isroil mudofaa kuchlari Livan janubidagi chegara hududida cheklangan quruqlikdagi reydlarni boshlashini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”