Foto: Reuters
Isroil G‘azo shimolidagi falastinliklarga qarshi genotsid va etnik tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur hududda joylashgan Jabaliya qochqinlar lagerida 200 ming kishi 14 kundan beri oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmonlardan mahrumligicha qolmoqda.
Bu haqda G‘azodagi fuqarolik mudofaasi boshqarmasi matbuot kotibi Mahmud Basal ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Isroil armiyasi eksklav shimolidagi binolar, uylar va boshqa infratuzilmalarni bombardimon qilishda davom etmoqda.
Isroil armiyasining “quruqlik operatsiyasi” tufayli otishmada halok bo‘lgan o‘nlab falastinliklarning jasadlari hamon vayronalar ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda.
2023 yilning 7 oktyabridan beri Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirgan genotsidi natijasida 42 438 kishi, jumladan, qariyb 12 ming ayol va 17 mingga yaqin bolalar halok bo‘lgan, yana 99 246 kishi jarohatlangan.
Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida qolgan. Isroil armiyasi shifoxonalar, o‘quv binolari va boshqa muhim infratuzilmalarni nishonga olmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari