Foto: Kulturologia
Gollivud yulduzi 84 yoshli Al Pachino o‘z xotiralari to‘plangan «Sonny Boy» («O‘g‘il bola») kitobida bir paytlar firibgar hisobchisi uni 50 mln dollarga chuv tushirganini esladi.
Uni 2011 yilda ko‘plab mashhurlar bilan ishlovchi bu hisobchiga ishonib bo‘lmasligi haqida ogohlantirishgan ekan.
O‘sha yili u Beverli-Hillzdagi koshonani ijaraga olgan; butun oilasini to‘plab Gulfstream 550 samolyotida Yevropaga sayohat qilgan; Londondagi Dorchester mehmonxonasining bir qavatini ijaraga olgan edi.
«Hech vaqosiz qolgandim. 50 mln dollarimdan bir chaqa qolmagandi. Ko‘chmas mulkim bor, ammo pulim yo‘q edi», — deb yozdi aktyor.
Al Pachinoning aytishicha, kino biznesida «bitta film uchun to‘lanadigan 10 mln dollar gonorar — 10 mln dollar emas». Bu puldan agent, yurist, piarchi va soliq organi o‘z ulushini oladi.
Aktyorning cho‘ntagiga 10 millionning 4,5 millioni kelib tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi