
Illyustrativ foto: ChatGPT
Isroil Eronga qarshi javob zarbasiga tayyorgarlik koʻrayotganiga oid maxfiy ma'lumotlar tarmoqlarga sizdirildi. Holat yuzasidan AQSh tergov boshladi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.
15 va 16 oktyabr sanalari bilan belgilangan hujjatlar 18 oktyabrda internetda tarqala boshlagan. Ular birinchi marta Middle East Spectator Telegram kanali tomonidan e'lon qilingan. Qogʻozlar “oʻta maxfiy” deb tasniflangan, ularni faqat AQSh va uning “Besh koʻz” ittifoqchilari — Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya koʻrishi mumkin.
Hujjatlarda Isroilning Eronga qarshi javob zarbasi berish uchun olib borayotgan tayyorgarligi haqida ma'lumot berilgan. U Milliy geofazoviy razvedka agentligi tomonidan tayyorlangan boʻlib, unda Isroil oʻqlarni tashish rejalarini tuzayotgani aytilgan.
Boshqa bir hujjatdagi ma'lumotlar esa Milliy xavfsizlik agentligidan olingan. Unda Isroil harbiy-havo kuchlarining “havo-er” toifasidagi raketalar bilan oʻtkazilgan mashqlari tasvirlangan. Hujjatlarni tarqatganlar bu Isroilning Eronga qarshi zarba berishga tayyorgarligining bir qismi boʻlishi mumkinligini istisno etmagan.
AQSh olib borayotgan tergov doirasida, Pentagondan chiqqan deb taxmin qilinayotgan hujjatga kimlar kirish huquqiga ega boʻlgani tekshirilmoqda. Har qanday axborot sizib chiqishi avtomatik ravishda Federal qidiruv byurosi, Pentagon va AQSh razvedka xizmatlari tomonidan birgalikda tergov oʻtkazilishiga olib keladi.
Eron 1 oktyabr kuni Isroilga keng koʻlamli raketa hujumini amalga oshirdi. Bu Isroilning Bayrutga hujumi oqibatida Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi general mayori Abbos Nilforushon va “Hizbulloh” etakchisi Hasan Nasrullohning oʻlimidan keyin sodir boʻldi. Isroil mudofaa armiyasi Eron hujumidan soʻng “jiddiy va ahamiyatli” javob berishni va'da qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar