Foto: Isroil askarlari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning jasadini olib ketmoqda / 2024 yil 17 oktyabr.
HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning murdasini yorib ko‘rgan Isroil Milliy sud tibbiyoti markazi bosh patologoanatomi Chen Kugel uning o‘ldirilishi tafsilotini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Sinvar og‘ir jarohatlar olganiga qaramay, uning o‘limi aynan o‘q tegishi sabab olingan jarohatlar oqibatida yuz bergan.
“Bu men tanasidan topgan dalillarga asoslangan. Uning tanasida boshqa manbalardan ham jarohatlar qayd etilgan. Masalan, o‘ng bilakda raketa jarohati, chap oyoq yoki sonda qulab tushgan imorat parchalari va tanasiga kirgan ko‘plab vayrona qoldiqlari, ammo bular faqat ko‘krak qismida qayd etilgan. Ular jiddiy shikast yetkazgan, lekin o‘limning asosiy sababi — boshdagi o‘q yarasidir”, deb ta’kidladi patologoanatom.
Avvalroq Isroil tomoni Yahyo Sinvar u turgan binoga tank o‘q uzganidan so‘ng halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Isroil armiyasi vakili voqea joyida otishma yuz bergani, shundan keyin harbiylar binoga tank snaryadini otganini aytgan.
Shuningdek, armiya Sinvarning o‘limidan oldingi so‘nggi lahzalarni aks ettiruvchi dron videosini e’lon qilgan. Kadrlarda yarim vayrona binodagi kresloda o‘tirgan erkak ko‘rinadi — uning yuzi qisman yopiq. Dron yaqinlashganda, erkak unga qo‘lida ushlab turgan tayoqni uloqtiradi.
Yahyo Sinvar o‘limi
HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar 17 oktyabr kuni G‘azo sektori janubida o‘ldirilgan. 17 oktyabr kuni Sinvarning o‘limini HAMASning yuqori martabali a’zosi Xalil al-Hayya tasdiqlagan. Shuningdek, u Isroil G‘azoga hujumlarini to‘xtatib, qo‘shinlarini olib chiqmaguncha, bir yil avval garovga olingan isroilliklarni ozod etilmasligini aytgan.
Isroil 31 iyul kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani o‘ldirgandi. Tehrondagi qarorgohiga qilingan hujum oqibatida u va tansoqchilaridan biri halok bo‘lgan. Shundan so‘ng uning o‘rnini Yahyo Sinvar egallagandi.
28 sentyabr kuni esa Livanning “Hizbulloh” harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirgan havo hujumida halok bo‘ldi. Isroil shu kuni tonnalab bombalar bilan 6 ta bino va bunkerlarni portlatib yuborgan. Ulardan birida “Hizbulloh” yetakchisi bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”