Foto: Reuters
Indoneziyada 73 yoshli sobiq general Prabovo Subianto mamlakatning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Subianto Indoneziyaning sakkizinchi prezidenti lavozimiga kirishdi. Bu esa dunyoda aholi soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turuvchi mamlakat rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlarni anglatadi. O‘n minglab tarafdorlar kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida Subiantoning lavozimga kirishini nishonlash uchun Jakarta ko‘chalarida saf tortgan.
Milliy qarashlari bilan tanilgan sobiq general parlamentda o‘tkazilgan marosimda qasamyod qabul qilgan. U mamlakat rahbari lavozimida 10 yil davomida faoliyat yuritgan Joko Vidodoning o‘rnini egallagan.
"Biz Indoneziya hukumatiga boshchilik qilamiz... butun Indoneziya xalqining, jumladan, biz uchun ovoz bermaganlarning ham manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Shuni tushunishimiz kerakki, erkin mamlakat — bu xalqi erkin bo‘lgan mamlakatdir", dedi u inauguratsiyadagi nutqida.
Subianto fevral oyida o‘tkazilgan saylovlarda qariyb 60 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongandi. Vidodo tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sobiq mudofaa vaziri Subianto o‘zini “vorislikka nomzod” sifatida ko‘rsatib, o‘zidan oldingilarning siyosatini davom ettirishni va’da qilgandi. U Vidodoning infratuzilma rivojlantirishdagi merosini saqlab qolishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”