10:00 / 22.10.2024
32

Yevropa ittifoqi vakili Rossiyani Moldovadagi saylovlarga aralashishda aybladi

Yevropa ittifoqi vakili Rossiyani Moldovadagi saylovlarga aralashishda aybladi
Foto: RIA Novosti
Yevropa ittifoqi tashqi siyosiy xizmati rasmiy vakili Peter Stano Moldovada ovoz berish “Rossiya va uning tarafdorlari tomonidan misli ko‘rilmagan aralashuv va tahdidlar sharoitida” o‘tganini aytdi. “TASS” xabariga ko‘ra, u Rossiya Federatsiyasini ovozlarni sotib olish, tashviqot va saylovchilarni avtobusda tashishda aybladi.

Stano Bryusseldagi brifingda ovoz berish jarayoni haqida ma’lumot manbalari Yevropa elchixonalari diplomatlari va Rossiyaga qarshi axborot urushi bo‘yicha Yevropa ittifoqi missiyasi vakillari ekanligini aytdi. Shu bilan birga, u Yevrokomissiya ovoz berish jarayoni haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligini va YXHTning ovoz berishni kuzatish bo‘yicha missiyasi baholarini kutayotganini, shu asosda yakuniy bayonot bilan chiqishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Mayya Sandu ovoz berish yakunlanganidan keyin jurnalistlarga mamlakatda saylovlarga ta’sir o‘tkazish niyatida “xorijiy kuchlar bilan ishlayotgan jinoiy guruhlar” borligini aytdi. Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni jiddiy ayblov deb atadi va Sandu xonim dalillar keltirishi kerakligini ta’kidladi.

Moldovada prezidentlik saylovlari va mamlakatning Yevropa integratsiyasi bo‘yicha referendum bir vaqtda o‘tkazildi. Saylov byulletenlarining 99 foizi qayta ishlangach, saylovchilarning 50,29 foizi Yevropa ittifoqiga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi.

Saylovda Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu 42,31 foiz ovoz bilan yetakchi bo‘ldi. Sobiq bosh prokuror Aleksandr Stoyanoglo esa 26,07 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa ittifoqi vakili Rossiyani Moldovadagi saylovlarga aralashishda aybladi