19:53 / 22.10.2024
26

Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi
Kanadalik Mitchell Rudi yangi jahon rekordini o‘rnatish va hayvonlar muammolariga e’tiborni jalb qilish maqsadida bir vaqtda 38 ta itni sayrga olib chiqdi. Bu haqda Guinness World Records saytida xabar berildi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, rekord o‘rnatish uchun itlarni sayrga olib chiqqan odam ular bilan kamida 1 kilometr masofani bosib o‘tishi lozim. Bunda butun sayr davomida jonivorlarni arqonda ushlab turish shart.

Mitchellning aytishicha, bu itlarning bir qismi kuchuk ko‘paytiruvchi pitomniklardan, boshqalari esa it go‘shtini yetkazib beradigan fermalardan qutqarib olingan.

Tadbirni tashkil etishda Kanadaning BONK xayriya tashabbusi va Janubiy Koreyaning K9 itlarni qutqarish xizmati (KK9R) yordam ko‘rsatdi. KK9R sayrda qatnashgan itlarni oilalarga tarqatish maqsadida o‘z himoyasiga oldi.

Ajoyib jonivorlar, ular yaxshi uyga munosib, ularga ozgina mehr-u muhabbat kerak, xolos”, — dedi Mitchell. U bir vaqtda shunchalik ko‘p to‘rt oyoqli do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish imkoniyatidan xursand bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Avvalgi rekord sentyabr oyida Janubiy Koreyaning Kvasan shahrida o‘rnatilgandi. O‘shanda 36 ta it sayrga chiqarilgan.

Yanvar oyida Janubiy Koreya hukumati it go‘shtini iste’mol qilish va sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. U rasman 2027 yildan kuchga kiradi — shundan so‘ng qoidabuzarlar uch yilga ozodlikdan mahrum qilish yoki 30 million von(22,8 ming dollar)gacha jarima bilan jazolanadi. Bunda it go‘shtini iste’mol qilishning o‘zi qonun bilan cheklanmaydi.

Sentyabr oyida Janubiy Koreya hukumati itlarni go‘shti uchun boqishdan voz kechgan fermerlarga 100 milliard von (taxminan 75 million dollar) miqdorida tovon puli berilishini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadalik erkak itlarni sayr qildirish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi