Foto: Reuters
KXDRning BMTdagi missiyasi Shimoliy Koreya askarlarini Rossiyaga yuborish haqidagi ma’lumotni asossiz mish-mishlar deb atadi.
Shimoliy Koreya delegatsiyasi rahbari, shuningdek, Rossiya bilan munosabatlar “qonuniy va hamkorlikka asoslangan” ekanini aytgan.
“Rossiya bilan harbiy hamkorlik masalasiga kelsak, mening delegatsiyam maqsadi KXDRni qoralash va ikki davlat o‘rtasidagi qonuniy, do‘stona va sheriklik munosabatlariga putur yetkazish bo‘lgan bunday asossiz stereotip mish-mishlarga izoh berishni zarur deb bilmaydi”, dedi Shimoliy Koreya missiyasi vakili Nyu Yorkda Bosh assambleyaning qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilishda.
Yonhap nashriga ko‘ra, bu Shimoliy Koreya tomonining birinchi rasmiy izohidir. Ushbu bayonot Janubiy Koreya razvedkasining 1,5 ming nafar shimoliy koreyalik askar Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida ekanligi haqidagi xabarlar fonida e’lon qilindi. Janubiy Koreya departamenti kelajakda harbiylar Ukrainadagi mojaro zonasiga yuborilishi mumkinligini istisno qilmagan.
Janubiy Koreya razvedkasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 1 500 nafar askari allaqachon Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida bo‘lib, u yerdan Ukrainaga jo‘nab ketishlari kutilayotgani xabar berilgan.
Xususan, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari Vladivostok, Ussuriysk, Xabarovsk va Blagoveshenskda joylashgan bo‘lib, ularga rus kiyim-kechaklari va Rossiyaning qalbaki hujjatlari berilgan.
Uzoq Sharqdagi rossiyalik harbiy manba BBC'ga mazkur ma’lumotlarni tasdiqlagan. U, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylarining bir qismi allaqachon yetib borganini va Ussuriysk yaqinidagi harbiy bazalarga joylashganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi