
Foto: Bilal Hussein/AP Photo/picture alliance
Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) Livandagi «Hizbulloh» guruhining sobiq yetakchisi Hasan Nasrullohning ehtimoliy vorisi Hoshem Safiddin hamda «Hizbulloh» razvedkasi rahbari Ali Husayn Hazima o‘ldirilganini tasdiqladi. Isroil qurolli kuchlari bayonoti 22 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilindi.
Zarba taxminan uch hafta oldin SAHAL tomonidan «Hizbulloh» ning Bayrutdagi asosiy tayanchi deb hisoblangan Dahiya tumanida amalga oshirildi.
Isroil harbiylari bunkerga zarba berdi
Isroil harbiy-havo kuchlari Dahiyadagi tinch aholi inshootlari ostida yerostida joylashgan «Hizbulloh»ning asosiy razvedka shtabiga aniq zarba berdi, deya xabar qiladi SAHAL.
Hujum paytida shtabda 25 dan ortiq «Hizbulloh» jangchisi bo‘lgan, jumladan, harakatning Suriyadagi razvedka shtabida havo ma’lumotlarini yig‘ish uchun mas’ul bo‘lgan Bilol Soib Aish ham, deya qo‘shimcha qildi SAHAL.
Avvalroq The New York Times gazetasi Isroilning uch rasmiysiga tayanib, «Hizbulloh» bosh kotibi Safiddin Bayrutning janubiy chekkasi – Dahiyadagi yerosti bunkerida bo‘lib o‘tgan harakat rahbariyatining yig‘ilishida ishtirok etgani haqida yozgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar