Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni “siyosiy qamoqqa olish”ga chaqirdi. U Trampning hokimiyat tepasiga kelishining mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida o‘ylashni taklif qildi.
“Biz uni qamoqqa olishimiz kerak. Siyosiy qamoqqa olish kerak. Uni yo‘q qilish kerak”, dedi Bayden Nyu Hempshirdagi Demokratik partiyaning tadbirida.
Bayden Oliy sudning Donald Tramp daxlsizligi haqidagi qarorini inobatga olgan holda, “o‘zi uchun xavf tug‘diradi deb hisoblagan odamni jismonan yo‘q qilish” huquqiga ishonchi komil ekanini aytdi.
“Agar besh yil oldin aytganimda, meni qamagan bo‘lardingiz. Demokratiyamiz xavf ostida. Agar Tramp bu saylovda g‘alaba qozonsa nima bo‘lishini o‘ylab ko‘ring”, deya qo‘shimcha qilgan Amerika yetakchisi.
Donald Trampga to‘rtta jinoiy ish bo‘yicha jami 91 ta ayblov qo‘yilgan. Eng og‘ir ayblovlar uchun jazo 20 yilgacha qamoq hisoblanadi. Ayblovlar yig‘indisiga ko‘ra, siyosatchini 700 yildan ortiq qamoq jazosi kutmoqda. Respublikachi jinoiy ta’qibni demokratlar tomonidan uning Oq uyga qaytishiga to‘sqinlik qilishga urinish deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”