date
views 74

Janubiy Koreya razvedkasi: KXDR Rossiyaga allaqachon 3 mingta harbiy joʻnatgan

Janubiy Koreya razvedkasi: KXDR Rossiyaga allaqachon 3 mingta harbiy joʻnatgan
Foto: Getty Images
Janubiy Koreya razvedkasining xabar berishicha, KXDR Ukrainaga qarshi urushda rus harbiylarini qoʻllab-quvvatlash uchun Rossiya Federatsiyasiga oʻzining 3 mingga yaqin askarini yuborgan.

Bundan tashqari, qayd etilishicha, Shimoliy Koreya tanlangan harbiy xizmatchilarning oilalarini “ularni samarali nazorat qilish va mish-mishlar bilan puxta kurashish uchun” izolyatsiyada saqlamoqda, deb yozadi Reuters Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga (NIS) tayanib.

Qolaversa, Shimoliy Koreyaning bu askarlaridan tashqari yana minglab harbiy xizmatchilar Rossiyaga yuborilishi mumkinligi ma'lum qilingan.

Pxenyan jami 10 mingga yaqin askar yuborishga va'da berdi, ularning urush nuqtalariga joylashtirilishi dekabrgacha yakunlanishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi KXDR qoʻshinlar yuborganini, shuningdek, qurol-yarogʻ etkazib berayotganini inkor etadi, garchi ikkala davlat “harbiy aloqalarni mustahkamlashga va'da bergan va oʻzaro mudofaa shartnomasini imzolagan” boʻlsa ham.

Janubiy Koreya razvedka qoʻmitasi vakili Li Son Kvonning ta'kidlashicha, Rossiya harbiylardan tashqari, Shimoliy Koreya askarlari uchun “koʻp sonli” tarjimonlarni jalb qilgan, shu bilan birga ularni dronlar kabi harbiy texnikadan foydalanishga oʻrgatmoqda.

Rossiyalik mutaxassislar Shimoliy Koreya harbiylari mukammal jismoniy fazilatlar va jangovar ruhga ega ekanini e'tirof etgan, ammo ular zamonaviy urush uslublari, masalan, dron hujumlari haqida tushunchaga ega emasligi uchun qayta tayyorlashmoqda”, deya qoʻshimcha qildi Li Son Kvon.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo