21:06 / 25.10.2024
27

Eron Isroilga qarshi urushga tayyorlanayotgani ma’lum qilindi

Eron Isroilga qarshi urushga tayyorlanayotgani ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh ali Xomanaiy Isroilning hujumiga javob berish uchun bir qancha variantlar tayyorlashni buyurdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eronning javob zarbasi Isroil hujumi ko‘lami va uning jiddiyligiga bog‘liq bo‘ladi. To‘rt nafar Eron amaldori Xomanaiy ko‘plab harbiy rejalarni ishlab chiqishni buyurganini aytdi.

"Agar Isroil o‘z hujumlarini raketalar va dronlar saqlanadigan bir nechta harbiy bazalar va omborlar bilan cheklasa, Eron hech narsa qilmasligi mumkin", deydi ular.

Ammo Isroil hujumi katta zarar yetkazsa va ko‘plab qurbonlarga olib kelsa, Eron javob choralarini ko‘radi. Jumladan, yahudiy davlati neft va energetika infratuzilmasi yoki yadroviy obyektlarni nishonga olsa, yuqori martabali amaldorlarni o‘ldirsa, Tehron javob qaytaradi.

"Javob choralari sifatida 1000 tagacha ballistik raketani ishga tushirish, mintaqadagi Eron qurolli guruhlarining hujumlarini kuchaytirish, Fors ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘ozi orqali global energiya ta’minoti va dengiz transportini izdan chiqarish ko‘rib chiqilmoqda", deydi manbalar.

Eron 1 oktyabr kuni Isroilga keng ko‘lamli raketa hujumini amalga oshirdi. Bu Isroilning Bayrutga hujumi oqibatida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi general mayori Abbos Nilforushon va “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohning o‘limidan keyin sodir bo‘ldi. Isroil mudofaa armiyasi Eron hujumidan so‘ng “jiddiy va ahamiyatli” javob berishni va’da qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilga qarshi urushga tayyorlanayotgani ma’lum qilindi