21:55 / 25.10.2024
8

Isroil armiyasi “Hizbulloh” zaiflashganini ma’lum qildi

Isroil armiyasi “Hizbulloh” zaiflashganini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Isroil armiyasi Livanda quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan uch hafta o‘tib, Livanning “Hizbulloh” harakati ancha zaiflashgan degan xulosaga keldi.

Biz 'Hizbulloh'ning qo‘mondonlik tuzilmasini butunlay yo‘q qildik, endi janglarni to‘xtatish mumkin”, dedi Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Halevi.

Sentyabr oyi oxiridan beri Isroil armiyasi Livandagi “Hizbulloh” nishonlariga yerdan va havodan zarbalar berib kelmoqda.

Avvalroq Axios nashri Isroil AQSHga Livan bilan bog‘liq vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish shartlari yozilgan hujjatni topshirgani haqida xabar bergan edi.

Nashr manbalariga ko‘ra, talablardan biri Isroil mudofaa kuchlarining “Hizbulloh”ni qayta qurollantirishga va Livan janubidagi hududlarda guruhning harbiy infratuzilmasini tiklashga qarshi faol choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdir.

Shuningdek, Isroil o‘zining havo kuchlari Livan havo hududida erkin harakat qilishini talab qilgan. Axios'ning qayd etishicha, bu ikki talab BMT Xavfsizlik kengashining 1701-rezolyutsiyasiga ziddir.

Bayrut va xalqaro hamjamiyat Livan suverenitetiga jiddiy putur yetkazadigan ushbu shartlarga rozi bo‘lishi dargumon”, degan edi AQSH rasmiysi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi “Hizbulloh” zaiflashganini ma’lum qildi