date
views 80

“Trami” to‘foni qurbonlari soni 80 kishidan oshdi

“Trami” to‘foni qurbonlari soni 80 kishidan oshdi
Foto: Reuters
23 oktyabrdan boshlab bir necha kun ichida Filippindagi Luson oroliga ikki oylik miqdordagi yog‘ingarchilik yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga kelgan.

Shuningdek, “Trami” tropik bo‘roni yuzaga kelib, buning oqibatida 81 nafar inson vafot etdi. Bu haqda GMA News kanali ma’lum qildi.

Tabiiy ofat oqibatlari tufayli 34 kishi bedarak yo‘qolgan, 66 kishi tan jarohati olgan. Suv toshqinlari tufayli hududning bir necha o‘n minglab aholisi evakuatsiya qilindi.

Filippin Milliy meteorologiya byurosi “Trami” to‘fonidagi shamol tezligi 23,6 m/s ga yetganini qayd etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Trami” to‘foni qurbonlari soni 80 kishidan oshdi