17:21 / 26.10.2024
37

Eron Isroil hujumiga javob qaytarmasligini ma’lum qildi

Eron Isroil hujumiga javob qaytarmasligini ma’lum qildi
Foto: RBC
Eron Isroilning raketa hujumiga javoban zarba bermasligi haqida uchinchi davlat orqali ma’lum qildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar bermoqda.

26 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Erondagi harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirdi. Hujum obyektlari sifatida harbiy bo‘limlar va qurol-yarog‘ omborlari tanlangan. Eron Isroilning hujumi oqibatida o‘z obyektlariga qisman zarar yetganini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq 1 oktyabr kuni Eron harbiylari Isroilga 200 ga yaqin ballistik raketa uchirgandi. Bu hujum HAMAS, “Hizbulloh” va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbariyatidagi asosiy shaxslarning o‘ldirilishiga javoban uyushtirilgani ma’lum qilingan.

AQH bir necha marotaba Isroilni Eronga javob qaytarmaslikka chaqirgan. Chunki bu harakat Yaqin Sharqda keskinlik kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroil hujumiga javob qaytarmasligini ma’lum qildi