date
views 110

Krishtianu Ronaldu bir muxlisini izlamoqda

Krishtianu Ronaldu bir muxlisini izlamoqda
Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z muxlislaridan birini izlamoqda.

Ronaldu o‘z X (sobiq Twitter) sahifasiga video joyladi. Unda yoshi kattaroq inson telefonida maydonda bo‘layotgan voqealarni suratga olayotgani va ko‘zlarida yosh bilan Krishtianuning ismini aytayotgani aks etgan.

Uni qidiryapman. Har qanday ma’lumot uchun minnatdor bo‘laman”, — deya izoh qoldirgan Ronaldu.

39 yoshli hujumchi joriy mavsum Saudiya chempionatida 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Krishtianu Ronaldu bir muxlisini izlamoqda