Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Rossiyadagi shimoliy koreyalik askarlarning yaqin kunlarda Ukrainaga qarshi urushga kirishishi KXDR urushda to‘liq ishtirok etayotganini bildiradi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Italiyaning Corriere Della Sera nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Yermak qancha askar haqida gap ketayotgani va Shimoliy Koreya qo‘shinlari urushning kechishini o‘zgartira olishi mumkinligini aytmadi. U bu borada batafsil ma’lumot kutish kerakligini bildirdi. Biroq Yermakka ko‘ra, shimoliy koreyalik harbiylar “Rossiya agressiyasi tufayli kelib chiqqan urushning siyosiy ssenariysi va mohiyatini butunlay o‘zgartirmoqda”.
"De-fakto aytishimiz mumkinki, Shimoliy Koreya ushbu mojaroda ishtirok etmoqda. Rasman Pxenyan tomonidan urush e’lon qilinmagan, lekin de-fakto ular bizning mamlakatimizga qarshi harbiy tajovuzga, o‘n yildan beri davom etayotgan mojaroga qo‘shildi", dedi Yermak.
U, shuningdek, faqatgina jangovar harakatlarni to‘xtatish yetarli emasligini, keyingi tajovuzning oldini olish zarurligini, aks holda Boltiqbo‘yi va Bolqon mamlakatlari xavf ostida qolishini ta’kidladi.
"Agar Ukraina bosqinni to‘xtatmasa, ular keyingisi bo‘lishadi", dedi u.
Yermak NATOdan qo‘shin yuborishni so‘rash imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan, ukrainlarning “albatta, hamkorlar yordamida, ammo o‘zlari jang qilayotgani” va buni yetarlicha samarali amalga oshirayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, u Ukrainaning yetarli miqdorda qurol-yarog‘ va moliyaviy yordamga muhtojligini qayd etdi. Kuchli va harbiy jihatdan ta’minlangan Ukrainagina Rossiya bilan jiddiy muzokaralarga tayyor bo‘lishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi