15:31 / 28.10.2024
74

Eron prezidenti Isroil hujumiga javob qaytarishga va’da berdi

Eron prezidenti Isroil hujumiga javob qaytarishga va’da berdi
Foto: AFP
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil armiyasining havo hujumiga javob qaytarishga va’da berdi. Bu haqda ISNA xabar berdi.

"Biz urushni istamaymiz, ammo millatimiz huquqlarini himoya qilib, o‘zimizni mudofaa qilamiz. Sionistik rejimning tajovuziga javob qaytaramiz", dedi Pezeshkiyon.

U Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan to‘rt nafar askar va o‘n nafar politsiyachining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Eron farzandlari vatanni himoya qilish uchun jonini fido qildi. Armiyaning jasur askarlari, ularning oilalari va qahramon xalqiga hamdardlik bildiraman. Eronning dushmanlari bilishi kerakki, bu jasur xalq qo‘rqmasdan o‘z yerlarini himoya qilishga va har qanday ahmoqlikka donolik va aql bilan javob qaytarishga tayyor, dedi siyosatchi.

Isroilning Eronga hujumi

26 oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirdi. Raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olindi. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirdi. Ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirdi hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti Isroil hujumiga javob qaytarishga va’da berdi