Foto: Kremlin.ru
Vladimir Putin 28 oktyabr kuni hukumat va Kreml administratsiyasi amaldorlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida Rossiya iqtisodiyotidagi «qiyinchiliklar» saqlanib qolayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muammolar mamlakatning hozirgi «murakkab vaziyati» sabab yuzaga kelgan. «Bular tashqi sanksiyalar va o‘zimizning kadrlar va texnologiya, logistika taqchiligiga bog‘liq tuzilmaviy cheklovlarimizdir», — deydi Putin.
Rossiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, ushbu omillarning barchasi 2023 yilning yozidan beri deyarli to‘rt barobarga tezlashgan va ketma-ket to‘rtinchi yil Markaziy bankning to‘rt foizli maqsadidan oshayotgan inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
«Ijobiy tendensiyalarni barqarorlashtirish, mustahkamlash uchun iqtisodiy siyosat choralarini o‘z vaqtida to‘g‘irlash muhim», — deydi Putin.
«Rosstat» ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktyabr holati bo‘yicha Rossiyada yillik inflyatsiya 8,5 foizni tashkil etgan — Markaziy bank choralarni keskin kuchaytirganiga qaramay, inflyatsiya o‘tgan yilning oktyabriga nisbatan salkam 25 foizga tezlashgan.
Rasmiy statistika bo‘yicha yil boshidan beri kartoshka 50 foizga, sariyog‘ — 23,4 foizga, qo‘y go‘shti — 21,1 foizga, sut — 11 foizga, qaymoq — 11,9 foizga, non— 11,2 foizga qimmatlashgan. Mol go‘shti narxi 10 oy ichida 10,2 foizga, olma esa 13,1 foizga oshgan. Qurilish materiallari va mehmonxonalarda yashash 20 foizga qimmatlashgani aytilmoqda.
Rossiya Markaziy banki o‘tgan yilning yozidan beri asosiy stavkani sakkiz marta oshirib, yillik 21 foizga chiqardi — bu 2003 yildan beri kuzatilgan eng yuqori daraja. Ammo inflyatsiya sekinlashish o‘rniga tezlashdi: avvaliga regulyator uni yil oxirigacha 5-5,6 foiz bo‘lishini, keyinroq 6,5-7 foizni tashkil etishini prognoz qildi. 26 oktyabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda inflyatsiya yil oxirida 8-8,5 foizga yetishi mumkinligi ma’lum qilindi.
«Narxlarni ushlab qolish uchun kelgusi yilda bizga nisbatan qattiqroq pul-kredit siyosati kerak», — dedi Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi