date
views 121

Tramp: Harris saylovda gʻalaba qozonsa, AQShni uchinchi jahon urushiga tortadi

Tramp: Harris saylovda gʻalaba qozonsa, AQShni uchinchi jahon urushiga tortadi
Foto: Alex Brandon/AP
Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, mamlakatni uchinchi jahon urushiga tortadi.

Tegishli prognozni Oq uyning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp berdi.

Harrisni prezident qilish millionlab odamlar hayotini xavf ostiga qoʻyish demakdir, dedi AQSh sobiq prezidenti. «Harris, albatta, bizni uchinchi jahon urushiga tortadi, chunki u oʻz ishini toʻgʻri bajarish uchun qobiliyatsiz», dedi siyosatchi.

AQSh matbuotiga koʻra, Pensilvaniyadagi mitingda nutq soʻzlagan Tramp, Harris Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping kabi rahbarlar bilan «ishlash» uchun juda «qobiliyatsiz» ekanligini aytdi.

Oq uy sobiq rahbarining fikricha, dunyo hech qachon global urushga «bu qadar yaqin» boʻlmagan. Tramp saylangan taqdirda bu urushdan qochish uchun bor kuchini ishga solishiga ishontirdi.

AQShda saylovlar 5 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Respublikachilar partiyasi Trampni oʻz nomzodi sifatida koʻrsatdi, Kamala Harris esa demokratlar nomidan kurashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo